Buxoroda futbol mushtlashuvgacha bordi

Holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB maʼlumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati ommaviy mushtlashuv sodir boʻlgani aks etgan videolavha tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB matbuot xizmati rasmiy maʼlumot berdi

Qayd etilshicha, IIB tomonidan joriy yilning 5 fevral kuni taxminan soat 16:00 larda Jondor tumani “Nurafshon” mahallasining “Moxon” qishlogʻida joylashgan stadionda “Tobagar” va “Chandir” qishloqlari fuqarolari oʻzaro futbol oʻyini oʻynaganliklari aniqlangan.

“Futbol oʻyinining tashkil qilinishi, oʻyin davomida sodir boʻlgan janjal va bu jarayonda biror bir fuqaroning tan jarohati olganligi toʻgʻrisida fuqarolarning oʻzi yoki boshqa shaxslar tomonidan Ichki ishlar boshqarmasining 102 avtomatlashtirilgan tizimiga, tibbiy muassasalarga, 103 qisqa raqamli tez yordam xizmatiga, tuman IIB navbatchilik qismi va hududiy profilaktika inspektoriga murojaat kelib tushmagan.

Holatga va ushbu fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish hamda ularning hatti-harakatlariga qonuniy baho berish maqsadida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Jondor tumani Ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv va tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Navoiy viloyat Xalq taʼlimi mudirining haydovchisi pora bilan qoʻlga tushdimi

Next Post

Navoiydagi qamoqxonada mahkum bosim oʻtkazilgani sababli oʻz joniga qasd qilgani aytildi

Related Posts