Maʼlumki, joriy yilning 31 may kuni Prezidentimiz raisligida aholini oziq-ovqat, jumladan, chorvachilik va parrandachilik mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtgan edi.Bugun Navoiy viloyati hokimligida Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari B. Turabov boshchiligida Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi D. Sobirjanov ishtirokida boʻlib oʻtgan yigʻilishda davlatimiz rahbari tomonidan ushbu yoʻnalishda belgilab berilgan vazifalarning ijrosi muhokama qilindi.Viloyat, shahar va tumanlar sektorlari rahbarlari qatnashgan yigʻilishda maʼruzachilar tomonidan davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar asosida ishlab chiqilgan “yoʻl xaritasi”ning ijrosini tanqidiy tahlil qilinib, respublika ishchi guruhi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan masʼullarga topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati.