3 nafar sudya lavozimidan ozod etildi

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan yana 2 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatining xabar berishicha, Kengashning joriy yil 14 va 15 fevraldagi qarorlariga ko‘ra:Andijon viloyati JIB Andijon shahar sudining raisi – Rustamjon Turginov yozma arizasiga binoan;Samarqand viloyati JIB Jomboy tuman sudining raisi – Mamayusub Sheryigitov yozma arizasiga binoan;Buxoro viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi – Sherzod Ne’matov sudyalik qasamyodini buzgani uchun lavozimidan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.Bundan tashqari, mas’uliyatsizligi va faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun:Xorazm viloyati JIB Xonqa tuman sudining raisi – Mehribon Hasanova;Navoiy viloyati FIB Karmana tumanlararo sudining raisi – Sherali Tog‘ayev intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Total
0
Aktsiyalar
2 izohlari

Izohlar yopiq.

Previous Post

Navoiyda yo‘l qurilishi ishchisi ish jarayonida vafot etdi. Uni shag‘al to‘kayotgan yuk mashinasi bosib ketgan

Next Post

Navoiyda tadbirkor 212 mlnlik gazni o‘margani aniqlandi

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil