2022 yil 11 fevral holatiga koʻra,

Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 233000 (+504) nafarni tashkil etmoqda.

SSV bu haqda xabar qildi.

Yangi kasallanish holatlarining:

21 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,
18 nafari Andijon viloyatida,
12 nafari Buxoro viloyatida,
8 nafari Jizzax viloyatida,
15 nafari Qashqadaryo viloyatida,
9 nafari Navoiy viloyatida,
8 nafari Namangan viloyatida,
34 nafari Samarqand viloyatida,
6 nafari Sirdaryo viloyatida,
21 nafari Surxondaryo viloyatida,
16 nafari Fargʻona viloyatida,
19 nafari Xorazm viloyatida,
88 nafari Toshkent viloyatida,
229 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 87 nafar,
Andijon viloyatida 22 nafar,
Buxoro viloyatida 21 nafar, 
Jizzax viloyatida 23 nafar,
Qashqadaryo viloyatida 33 nafar,
Navoiy viloyatida 9 nafar,
Namangan viloyatida 10 nafar,
Samarqand viloyatida 48 nafar,
Sirdaryo viloyatida 6 nafar,
Surxondaryo viloyatida 40 nafar,
Fargʻona viloyatida 63 nafar,
Xorazm viloyatida 18 nafar,
Toshkent viloyatida 24 nafar,
Toshkent shahrida 452 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 216153 (+856) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1599 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 89 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Yanvar oyida qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani ma’lum bo‘ldi 

Next Post

JSST olimi pandemiya yakuni bo‘yicha xavotirli bayonot berdi