XALQ TAʼLIMI VAZIRI OʻRINBOSARI VAHOBJON RAJAPOV XATIRCHI TUMANIDAGI MAKTABLARDA BOʻLDI

Vazir oʻrinbosari tumandagi 2-, 22-, 44- va 74-umumtaʼlim maktablariga borib, xalq taʼlimi muassasalarining qish mavsumiga tayyorligi, taʼlim sifati, 5 ta muhim tashabbus boʻyicha olib borilayotgan ishlar samaradorligi, maktabdan tashqari taʼlim doirasidagi faoliyat bilan qiziqdi. Shuningdek, tuman maktablarida xorijiy tillarning oʻqitilishi ahvoli xususida maʼlumotlar oldi.

Vahobjon Rajapov maktablarning pedagogik jamoasi hamda oʻquvchilar bilan suhbatlashib, ularga yaratilgan sharoitlar, maktab kutubxonalaridagi darslik, badiiy adabiyotlardan foydalanish darajasi va Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan yaratilgan taʼlim platformalarini tadbiq etish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berib oʻtdi. Oʻrganish jarayonida vazir oʻrinbosariga viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi masʼullari, tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri hamrohlik qildi.

Total
0
Shares
Previous Post

Navoiyda IIB tezkor xodimiga pora taklif qilgan shaxs IIV Shaxsiy xavfsizlik xodimlari tomonidan qoʻlga olindi

Next Post

Xalq taʼlimi vazirligi va uning tasarrufidagi respublika tashkilotlari xodimlari “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlandi

Related Posts

Rasmiy munosabat

Mazkur postda aks etgan obyekt Karmana tumani “Doʻstlik” MFY hududi, “Yangi Oʻzbekiston” massivida “AGROMIR BUILDINGS” MCHJ buyurtmachi boʻlgan,…
Batafsil