VILOYAT RAHBARI NAVOIY SHAHRIDA OLIB BORILAYOTGAN QURILISH-TAʼMIRLASH ISHLARI BILAN TANISHDI

Bugun viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov Navoiy shahridagi ijtimoiy obyektlarda olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari hamda “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalardagi jarayonlar bilan tanishdi.

N. Tursunovga viloyat sektorlari, tegishli boshqarma va muassasalar rahbarlari hamrohlik qildilar. Hududdagi 6-umumtaʼlim maktabi uchun 630 oʻringa moʻljallangan yangi oʻquv binosining qurilish ishlarini koʻzdan kechirgan viloyat rahbari ishning sifatiga jiddiy eʼtibor qaratish bilan birga loyihani belgilangan muddatda foydalanishga topshirish shartligini taʼkidlab, mutasaddi tashkilot rahbarlariga qoʻshimcha topshiriqlar berdi.

Shuningdek, “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida shahardagi 14,16,12 va 29-maktabgacha taʼlim tashkilotlarida olib borilayotgan qurilish jarayonlari ham oʻrganildi.

Viloyat rahbari Navoiy shahrida viloyatning boshqa hududlariga qaraganda barcha infratuzilma sharoitlari mavjudligi, shundan kelib chiqib ham bu yerda nafaqat qurilish-taʼmirlash va bunyodkorlik loyihalari, balki boshqa sohalardagi ishlar ham namunali darajada amalga oshirilishi zarurligini uqtirdi. Ijtimoiy obyektardagi sharoitlarni oʻrganish jarayonida N. Tursunov 11-umumtaʼlim maktabida bir guruh aholi vakillarining murojaatlarini ham tingladi. 15 nafarga yaqin fuqarolar qatnashgan sayyor qabulda asosan moddiy yordam, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash masalasida bankdan imtiyozli kredit ajratish va bandlikni taʼkinlash bilan bogʻliq murojaatlar koʻrib chiqildi.

Aksariyat masalalar oʻz joyida ijroga qaratilib, tegishli tashkilot va muassasalar muddatli topshiriqlar berildi.

Navoiy viloyati hokimligi

axborot xizmati.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Aholini roʻyxatga olishning tartibi va mohiyati

Next Post

bizni sahifalar

Related Posts