Bugun, 14 iyul kuni “Silk Way West Airlines” xususiy yuk tashuvchi aviakompaniyasi “Boku-Navoiy-Gongkong” yoʻnalishi boʻyicha ilk charter-yuk reysni amalga oshirdi.Boeing 747-800 mahalliy vaqt bilan 12:48da Navoiy xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi va bir necha soatdan keyin Gongkongga joʻnab ketdi. Anʼanaga koʻra, samolyot suv arkasi bilan kutib olindi.“Silk Way Airlines” Ozarbayjonning xususiy yuk tashuvchi aviakompaniyasi boʻlib, bosh ofisi va parvozlarini Boku shahridagi Haydar Aliyev xalqaro aeroportida amalga oshiradi. U Yevropa va Osiyo, Amerika Qoʻshma Shtatlari va Afrikani bogʻlaydigan yuk tashish xizmatlarini, shuningdek, davlat va nodavlat tashkilotlari uchun xizmatlarini taqdim etadi.Eslatib oʻtamiz, joriy yilning iyun oyida Xitoydan Oʻzbekiston orqali Yevropaga va qarama-qarshi yoʻnalishidagi reyslarni amalga oshiruvchi “Sky Taxi” yuk aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni boshlagan edi.
“SILK YOʻL“ KOMPANIYASI NAVOYIGA ILK reysni amalga oshirdi.
