Qishloq xoʻjaligida mahsulot yetishtirishni 2 baravarga oshirib, 100 ming nafar aholini band qilish zarurligi taʼkidlandi.

Nomzod oʻz taqdimotida bu boradagi rejalarini koʻrsatdi.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga:

  • kelgusi yilda Xatirchi, Karmana, Navbahor, Qiziltepa va Nurotadagi 72 ta mahalla atrofidagi 5 ming gektarda suv taʼminotini yaxshilab, uzumzor va mevali bogʻlar barpo etishga 4 million dollar yoʻnaltirish;
  • kelgusi yilda Konimex, Tomdi va Uchquduq yaylovlarida quduq qazishga 10 milliard soʻm subsidiya ajratish;
  • 1,5 ming gektarda yaylov oʻsimliklari urugʻchiligi xoʻjaligi hamda 5 ming gektarda kavrak plantatsiyalarini barpo etish;
  • dala va yoʻl chetlarida 6 million dona tut koʻchatini ekish va ipakchilikda 58 ming aholi bandligini taʼminlash;
  • kelgusi yilda qorakoʻlchilik va qoʻychilik loyihalariga 20 million dollar ajratish;
  • kelgusi yilda 10 million dollar investitsiya hisobidan Karmana va Xatirchida agrologistika markazlarini ishga tushirish;
  • 500 ming gektar yaylovlarda yoshlar bandligini taʼminlash dasturini qabul qilish;
  • dastur doirasida loyihalarga 15 million dollar hamda quduq qazishga qoʻshimcha 20 milliard soʻm subsidiya ajratishga topshiriq berdi.
Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

XALQ TAʼLIMI VAZIRI: ”BILIM KOʻKKA YETKAZADI”.

Next Post

Navoiy shahrida sodir etilgan bosqin yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha sud bo‘lib o‘tdi

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil