Oʻzbekistonda isitish tizimi ishlamagan kunlar uchun toʻlov chegirib tashlanadi.

Oʻzbekiston hududlarida 25 yanvar kuni elektr energiya, issiqlik va tabiiy gaz taʼminotida kuzatilgan uzilish sabab isitish tizimi ishlamagan kunlar uchun toʻlovlar chegirib tashlanadi. Bu haqda Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi matbuot kotibi Jamoliddin Qalandarov xabar qildi.

“Hech qanday xavotirga oʻrin yoʻq, isitish tizimi ishlatilmagan kunlar uchun, albatta, pul chegirib tashlanadi. Bu Vazirlar Mahkamasining 194-son qarorida ham alohida koʻrsatib oʻtilgan”, — deydi u,

Qayd etilishicha, 26 yanvar kuni Toshkent shahridagi barcha qozonxonalar faoliyati tiklangan. Lekin issiqlik xonadonlarga kirib bormagan. Bu favqulodda holat bilan bogʻliq.

“Chunki gaz bosimining koʻtarilishi 27 yanvar ertalabdan boshlandi va meʼyoriga chiqish qozonxonalarda ham asta-sekinlik bilan davom etyapti. 27 yanvar tunga borib meʼyoriy bosqichga chiqish imkoniyati boʻladi. Gaz bosimining mana shunday koʻtarilib borishi issiqlik taʼminotidagi oldingi holatga qaytishga yordam beradi”, — degan Jamoliddin Qalandarov.

Uning taʼkidlashicha, birgina Toshkent shahridagi barcha qozonxonalarda bir soatda 19 ming metr/kubdan ortiq suv isitiladi va xonadonlarga yuboriladi

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Hududlarning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi

Next Post

Navoiy uy-joy narxi baland hududlar roʻyxatiga kirdi

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil