Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal hizmat koʻrsatish vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal hizmat koʻrsatish vazirligi xuzuridagi Koʻp honadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi Navoiy viloyat xududiy inspektsiyasi inspektori M.Safarovning malum qilishicha, Navoiy shaxridagi Suputnik qoʻrgʻonida joylashgan koʻp qavatli uy-joy fondi oʻrganilganda Pushkin koʻchasi 4A uyda yashovchi fuqaro tomonidan oʻzboshimchalik bilan koʻp qavatli uyning yon tomonidan ertoʻla qismiga eshik ochish niyatida qurilish ishlari boshlanganligi aniqlangan.

Ushbu noqonuniy xatti-xarakat joyida toʻhtatilib, olib borilgan oʻzgartirishlarni oʻz xisobidan avvalgi xoliga qaytarish boʻyicha belgilangan tartibda muddat berilgan.Fuqaro tomonidan ushbu ishlar toʻxtatilgan xolda binoning yon tomoni avvalgi xoliga qaytarilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal hizmat koʻrsatish vazirligi xuzuridagi Koʻp honadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi Navoiy viloyat xududiy inspektsiyasi ogoxlantiradi: Koʻp kvartirali uyga tutash xududda noqonuniy ravishda qurilmalar qurish, asosiy konsruktsiyaga tasir etuvchi qurilish va taamirlash ishlarini olib borish shuningdek, honadonning ichki qismiga oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalari kiritgan xolda uyning zilzila bardoshliligiga salbiy tasir etgan fuqarolarga nisbatan belgilangan tartibda Qonuniy jazo koʻrishga sabab boʻladi.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Navoiy shaharda muddati oʻtgan mahsulotlar sotilmoqda

Next Post

Navoiy viloyat onkologiya shifoxonasidagi holat

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil