NORMAT TURSUNOV SPORT-TAʼLIM MUASSASALARIDAGI AHVOLNI OʻRGANDI 

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov Navoiy shahridagi sport-taʼlim muassasalarida boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 6- iyunda eʼlon qilingan “Davlat sport-taʼlim muassasalari faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkil qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori ijrosi boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan qiziqdi.

Dastlab Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida sportchi-oʼquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar oʼrganildi. Markazning oʼquv va yotoqxona binolari, oshxona, sport inshootlari hamda maydonlarining bugungi kundagi holati koʼzdan kechirilib, sportning oʼyin turlari va yengil atletika boʼyicha ixtisoslashtirilgan va Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablari hamda Futbol akademiyasi faoliyati bilan tanishildi.

Mazkur sport-taʼlim muassasalarida sport mashgʼulotlarini olib borilishi, oʼquvchi-sportchilar hamda murabbiylarga yaratilgan shart-sharoitlar, sport inshootlarining bugungi kundagi holati, sport anjomlari va jihozlari bilan taʼminlanganlik darajasi oʼrganildi.

Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining sport majmuasi va 100 oʼrinli yotoqxona binosini fasad qismini taʼmirlash, yengil atletika yugurish yoʼlagini maxsus rezina qoplamasi bilan qoplash, sportning oʼyin turlari va yengil atletika boʼyicha ixtisoslashtirilgan sport maktabining elektr energiyasi hamda gaz taʼminoti bilan bogʼliq boʼlgan muammolarni bartaraf etish, Futbol akademiyasi uchun 25 oʼrinli aftobus xarid qilish, hamda Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi tashqi va ichki qismini joriy taʼmirlash boʼyicha tegishli idoralar rahbarlariga koʼrsatmalar berildi.

Shu bilan birga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyundagi “Kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq, 2023-yilgi investitsiya dasturi doirasida Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hududida kamondan oʼq otish sport majmuasi (maxsus oʼq otish maydoni) qurilish ishlarini hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi “Oʼzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmoniga muvofiq Futbol akademiyasining mavjud bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish (70×100 oʼlchamdagi sunʼiy qoplamali futbol maydoni qurish, yotoqxona va oʼquv binosini mukammal taʼmirlash) ishlarini tashkil etishda qatʼiy nazorat qilish, bunda sport inshooti va maydonlarini qurilishida respublika sport federatsiyalarining malakali mutaxassislarini jalb etish boʼyicha topshiriqlar berildi.

Navoiy viloyati hokimligi

axborot xizmati.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

bizni sahifalar

Next Post

Navoiyda institut oʻqituvchisi 2 ming dollar pora bilan qoʻlga tushdi

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil