Navoiyda yangi tabiat bogʻi va qoʻriqxona paydo boʻladi

Viloyatning Uchquduq va Tomdi tumanlarida yangi tabiiy hududlar tashkil etiladi. Bu haqda “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori imzolandi

Unga muvofiq, Ekologiya davlat qoʻmitasi tasarrufida Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida umumiy maydoni 1,2 ming gektar “Markaziy Qizilqum” milliy tabiat bogʻi paydo boʻladi. Tomdi tumanida esa umumiy maydoni 40 ming gektar boʻlgan “Aqtau-Tomdi” qoʻriqxonasini tashkil etiladi.

Qarorda, shuningdek, “Markaziy Qizilqum” milliy tabiat bogʻining xoʻjalik foydalanishdagi yerlari ushbu hududlarda joylashgan yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar ixtiyorida qolishi belgilandi. Joriy yilda bogʻ va qoʻriqxonani moliyalashtirish Ekologiya davlat qoʻmitasining Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilarni boshqarish jamgʻarmasi hisobidan, 2023 yildan boshlab Navoiy viloyati mahalliy byudjeti, Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari va boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan. Eslatib oʻtamiz, avvalroq Ekologiya sohasida javobgarlikni kuchaytirish nuqtai nazaridan amaldagi qonunlar qayta koʻrib chiqilishi haqida xabar berilgandi.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Navoiyda tarbiyachilar ko‘p qavatli uylarning pod’yezdlarini yuvishga jalb qilindi

Next Post

Ketma-ket 7 qurbon: Otuvga hukm qilingan navoiylik “makler”larning seriyali qotilliklari

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil