Bugun, 16-iyul kuni soat 13:47 da Navoiy viloyati FVBga Karmana tumani IIBdan Navoiy shahar “Tinchlik” MFYda yashovchi 32 yoshli fuqaro Karmana tumani “Kattamachid” MFY hududidan oqib oʻtuvchi “Zarafshon” daryosiga choʻmilish maqsadida suvga tushib oʻzining ehtiyotsizligi oqibatida choʻkib ketganligi haqida xabar kelib tushgan.Zudlik bilan hodisa joyiga FVB qutqaruvchilari yetib borgan. Olib borilgan suvda qidiruv ishlari natidasida fuqaroning jasadi soat 17:00 da choʻkgan joyidan taxminan 10 metr uzoqlidan topilib, tegishli xizmatlarga topshirilgan.Taqiqlangan joylarda choʻmilish hayot uchun xavfli ekaligidan kelib chiqib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan choʻmilish qoidalariga qatʼiy rioya etishni soʻrab qoladi.
Navoiyda sodir boʻlgan hodisa yuzasidan maʼlumot
