Oʻqishga kiritib qoʻyish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari aniqlandiBosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Navoiy davlat pedagogika instituti oʻqituvchisi G.M. fuqaro Sh.ni Toshkent shahrida ishlovchi tanishlari orqali ushbu institutning jismoniy tarbiya yoʻnalishiga oʻqishga kiritib qoʻyib, soʻngra boshqa institutga koʻchirib berish evaziga 2 000 AQSH dollarlarini olgan vaqtida ushlangan.G.M.ning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda, institut talabasi B.R. institutning yana bir oʻqituvchisi S.M.ning topshirigʻiga koʻra 2 000 AQSH dollarlarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Shu kabi, Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.U. boshqa bir fuqaro L.ni Jizzax shahridagi “Abu Ali ibn Sino” nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tanishlari orqali oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Navoiyda institut oʻqituvchisi 2 ming dollar pora bilan qoʻlga tushdi
