Navoiyda aqidaparastlikni targʻib qilishda gumonlangan xatirchilik fuqaro qoʻlga olindi

Navoiy viloyatida aqidaparastlikni targʻib qilishda gumonlangan xatirchilik fuqaro qoʻlga olindi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.

Bir necha yil chet ellarda boʻlib qaytgan xatirchilik R.F bilan oʻtkazilgan profilaktik suhbat davomida uning qoʻl telefoni koʻzdan kechirildi. R.Fning yurish-turishidagi oʻzgarishlar bejizga emas ekan. “You tube” ijtimoiy tarmogʻidan “Muxtor”, “Shomda iyd qurbonligiga tayyorgarlik”, “Shahid rijollar” kabi koʻplab aqidaparastlikni targʻib qiluvchi kanallarga aʼzo boʻlgan, izoh qoldirib telefon xotirasida saqlagan. Shuningdek, telegram ilovasida turli nomaʼlum shaxslar bilan aqidaparastlik videolavhalarini almashgan. Ayni paytda tuman IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Xalq taʼlimi vazirligi va uning tasarrufidagi respublika tashkilotlari xodimlari “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlandi

Next Post

Qonun va “shantajchi”lar. Shaxsiy ma’lumotlarni tarqatuvchilarga qanday jazolar bor?

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil