Navoiy viloyati hokimligi binosi oldida ikki niqobli shaxs quroldan osmonga qarata oʻq uzdi — video

Navoiy viloyati hokimligi binosi oldida ikki nafar nomaʼlum shaxs yuziga niqob taqqan holda qoʻlidagi qurol bilan osmonga qarata oʻq uzgani aks etgan videotasvir telegram kanalimizga chiqarilgan edi

Maʼlum boʻlishicha, mazkur videorolik 2022 yilning avgust oyida tasvirga olingan boʻlib, 7 noyabr kuni keng tarqalgan.

“Yomon maqsad yoʻq edi. Shunchaki qiziqib, koʻrgan videolarimizga taqlid qilib chiqargandik. Bunday oqibatlarga olib kelishini oʻylamagandik”, — dedi ulardan biri.

Qayd etilishicha, Navoiy shahar IIB jinoyat-qidiruv boʻlimi hamda profilaktika inspektorlari tomonidan jamoat tartibini buzganlar qoʻlga olingan.

“ʻMaskaʼ taqqan bilan topa olishmaydi deb oʻylagandim. Lekin bu bir kungayam bormadi. Qilgan ishimdan afsusdaman”, — dedi ikkinchisi.

Ashyoviy dalil sifatida olingan qurol oʻyinchoq ekani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv harakatlari davom etmoqda

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Xatirchi tumanida sodir boʻlgan yongʻin yuzasidan maʼlumot

Next Post

Boshliq soʻkongʻich boʻlishi mumkin, oʻyinchi boʻlishi mumkin….

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil