Navoiy kon-metallurgiya kombinati” 2024 yilga qadar yangi quvvatlarni ishga tushirib, 12 mingta yangi ish oʻrni yaratadi

Yigʻilishda soʻnggi besh yilda tuman va shahar bosh rejalarini ishlab chiqishga 510 milliard soʻm ajratilgani, biroq bugungi kunda 163 ta tuman va shaharning bosh rejasi ishlab chiqilishi zarur boʻlsada, 83 ta tuman va shaharning bosh rejasi haligacha yakuniga yetkazilmagani tanqid qilindi.Yoki, bosh rejasi bor hududlarda ham yer ajratish va qurilish “genplan”ga zid ravishda amalga oshirilmoqda.Oʻtgan yilning oʻzida respublikada 814 ta bunday holat aniqlanib, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Fargʻona, Xorazm va Namangan viloyatlarida ancha yuqori.Boshqa bir misol, Namangan shahrining 2007 yilda tasdiqlangan bosh rejasida 2035 yilgacha aholi 630 ming nafarga yetishi prognoz qilinib, hisob-kitoblar qilingan. Vaholanki, bugungi kunning oʻzida Namangan shahri aholisi qariyb 1 million nafarga yetdi.Yoki, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” 2024 yilga qadar yangi quvvatlarni ishga tushirib, 12 mingta yangi ish oʻrni yaratadi. Bu kelgusi 4 yilda Zarafshon aholisi 100 ming nafardan (hozirda 84 ming nafar) oshib ketadi, degani.Zarafshonning bosh rejasida esa (2008 yilda tasdiqlangan), shahar aholisi 2030 yilga borib 70 ming nafarga yetishi prognoz qilingan.“Bir soʻz bilan aytganda, shaharlarning avval tasdiqlangan bosh rejalari aholi va iqtisodiyotning bugungi kundagi oʻsish surʼatlari, sanoat va xizmat koʻrsatish infratuzilmasi talablariga mos emas”, dedi Prezident.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Navoiyda soʻnggi olti oyda nechta chaqaloq tugʻilgani maʼlum boʻldi

Next Post

AHOLINI OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI BILAN TAʼMINLASH BORASIDAGI ISHLAR TANQIDIY TAHLIL QILINDI

Related Posts