Konimex tumanida 109,2 mln soʻm subsidiya mablagʻini oʻzlashtirgan korxona rahbari aniqlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departametning Konimex tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning murojaatlariga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “T.A.” ishlab chiqarish korxonasi rahbari Oʻ.T. fuqarolarni ish bilan taʼminlash maqsadida ajratilgan jami 109,2 mln soʻm subsidiya mablagʻini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Department_uz