Instagramʻda Shavkat Mirziyoyev va uning oilasini haqorat qilgan yigit qamaldi

Samarqandlik 19 yoshli yigit Instagramʻda prezident oilasi haqidagi videoga haqoratli izoh yozgani uchun sudlandi.

UzNews.uzʻga maʼlum boʻlishicha, 2004 yilda tugʻilgan I.D. ismli yigit 2023 yilning yoz oylarida Rossiyada ishlab yurgan vaqtida Instagramʻda President family nomli videolavhani tomosha qilib, ushbu videoga prezident Shavkat Mirziyoyev va uning oilasini haqorat qiluvchi izoh qoldirgan.


Shundan soʻng, u oʻzining tanishlarining tavsiyasi bilan ushbu postini oʻchirib tashlagan. Yigit Oʻzbekistonga qaytganida unga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi sudda koʻrib chiqildi.


Kattaqoʻrgʻon tuman sudida chiqarilgan hukmiga koʻra, I.D. JKning 158-moddasi (Oʻzbekiston prezidentiga tajovuz qilish) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan.


Sudlanuvchi yigit bu ishidan pushaymonligi, bilmay, yoshlik qilib qoʻygani va prezidentning olib borayotgan siyosatidan norozi emasligini bildirgan. Sud shularni inobatga olib, yigitga nisbatan 2 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Manba: UzNews uz

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Xatirchi tumaniga hokim tayinlandi.

Next Post

Navoiyda soliqchi pora olayotgan vaqtda qoʻlga tushdi

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil