Navoiy shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Oʻ.Haqberdiyev tomonidan Navoiy shahridagi hokim yordamchilarining faoliyatini oʻrganish ishlari davom etmoqda.
Birinchi oʻrinbosarning nabatdagi manzili “Yangihayot” va “Matonat” mahallalari boʻldi. Oʻ.Haqberdiyev hokim yordamchilari ishi bilan tanishib, joylarda ularning tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyati koʻzdan kechirildi. Ajratilgan imtiyozli kreditlarning maqsadli foydalanilishi, yangi faoliyatini boshlagan tadbirkorlarning muammo va takliflari atroflicha oʻrganildi. Hokimning birinchi oʻrinbosari tomonidan hokim yordamchilari va boshqa tegishli masʼullarga tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Navoiy shahar hokimligi Axborot xizmati