Taʼlim sohasini rivojlantirish asosiy eʼtibor markazida boʻlayotgan bir paytda, maktab direktori ish vaqtida qorovulxonaga kirib karta oʻynab oʻtirsa, bu maktabdan, taʼlimdan, oʻqituvchilardan nima kutish mumkin. Bu maktabda taʼlim olayotgan yoshlarning aybi nimada? Direktor oʻqituvchilarni nazorat qilishi, taʼlim sifatini oshirish kerak emasmi? Bizga yuborilgan videoga koʻra, Nurota tumanidagi 52-maktab direktori ish vaqtida maktab qorovulxonasida karta uynab oʻtirganligi iddao qilinmoqda. Masʼullardan rasmiy munosabat kutib qolamiz….
Boshliq soʻkongʻich boʻlishi mumkin, oʻyinchi boʻlishi mumkin….
