9 yanvardan 18 yanvargacha Poytaxtda har qanday yigʻilishlar oʻtkazish taqiqlandi

Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxoʻjayev, hokim oʻrinbosarlari va qator boshqarmalar boshliqlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda, poytaxt hokimi mamlakatimiz hududi, xususan, Toshkent shahriga keskin sovuq ob-havoning kirib kelishi munosabati bilan har qanday talofatlarning oldini olish boʻyicha mutassaddilarga tegishli topshiriqlarni berdi:

— anomal sovuq kunlar davrida, oʻn kun davomida: 9 dan 18 yanvargacha shahar va tuman hokimliklarida, boshqarmalar va ularning tuman boʻlimlarida har qanday majlislar (jumladan Zoom shaklida), tadbirlar, masʼullarni asosiy faoliyatidan chalgʻituvchi boshqa yigʻilishlarni oʻtkazish taqiqlanadi;

— vaziyatlarni boshqarish yuzasidan topshiriqlar telefon va onlayn aloqa tizimlari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi;

— qolipli non ishlab chiqaruvchilarga gaz va elektr energiyasi uzluksiz yetkazib berilishini nazoratga olish; 

— shahar jamoat transportining tizimli ishlashi choralarini koʻrish;
— markaziy va ichki yoʻllarni tezkorlik bilan qor va muzlamalardan tozalashni tashkil qilish;

— boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan koʻp qavatli uylar yoʻlaklarini qor va muzlamalardan oʻz vaqtida tozalashni taʼminlash;

— elektr tizimida avariyalarni tezkor bartaraf etish;

— tugʻruqxonalar, shifoxonalar, muruvvat va mehribonlik uylarining issiqlik taʼminotini alohida nazoratga olish, ulardagi mavjud elektr generatorlarini yoqilgʻi bilan taʼminlash, toʻxtovsiz ishlashi uchun shay holatga keltirish;

— favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan 2 kun muddatda jamoat joylarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qayta koʻrik-nazorat tadbirlarini oʻtkazilishini taʼminlash;

— aholini jamoat transportidan foydalanishiga keng imkoniyatlar yaratish va imkon qadar shaxsiy transport vositasidan foydalanmaslikni tavsiya etish;

— navbatchilik, shtablar va call-markazlar faoliyatidagi aloqa telefonlarining uzluksiz ishlashini nazoratga olish;

— 2 kun muddatda 103 tez tibbiy yordam mashinalarini tibbiy anjom va dori vositalari bilan taʼminlanganlik darajasini koʻzdan kechirib, yetishmovchiliklarni toʻldirish;

— koʻchada xizmat qilayotgan yoʻl harakati xavfsizligi xizmati va obodonlashtirish xodimlarini issiq choy va yegulik, ixcham termos idishlari bilan taʼminlash va hokazo.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Qonun va “shantajchi”lar. Shaxsiy ma’lumotlarni tarqatuvchilarga qanday jazolar bor?

Next Post

Navoiy shahar hokimligi mansabdorlariga 5 oy oldin jinoiy ish ochilgani ma’lum bo‘ldi

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil